Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoda eng ko‘p sotilayotgan smartfon nomi ma’lum bo‘ldi

Dunyoda eng ko‘p sotilayotgan smartfon nomi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Ferra.ru»

«Apple» kompaniyasining iPhone 12 smartfoni asosiy modeli 2021-yil birinchi choragida dunyoda eng ko‘p sotilgan smartfonga aylandi. Bu haqda «PhoneArena» yozmoqda

Ko‘rsatilgan davrda iPhone 12 ulushi 5 foizni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda — iPhone 12 Pro Max (4 foiz), uchinchi o‘rinda — iPhone 12 Pro (3 foiz). Bu turkumga kiruvchi smartfonlar orasida faqat «kenja» model — iPhone 12 mini ga yetarlicha xaridor topilmadi.

Keyingi o‘rinlarda: iPhone 11, Redmi 9A, Redmi 9, Samsung Galaxy A12, Redmi Note 9, Samsung Galaxy A21S, Samsung Galaxy A31.

Manba: «PhoneArena»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring