Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektron tijorat orqali dori vositalarini sotishga ruxsat beriladi

Elektron tijorat orqali dori vositalarini sotishga ruxsat beriladi

Foto: «Stilnos.com»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bugun, 14-may kuni «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergandik.

Mazkur qarorga binoan, 2018-yil 1-iyuldan:

  • elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga uchinchi shaxslar uchun to‘lovlarni qabul qilish huquqi beriladi;
  • elektron tijorat orqali sotiladigan tovarlar uchun ularning umumiy qiymatidan majburiy 15 foizli oldindan to‘lov to‘lash talabi bekor qilinadi;
  • elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli bo‘lgan avtomobil transportida O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berishda litsenziya olish talab qilinmaydi;
  • elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlarini realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring