Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng tez mobil internetga ega shahar va mamlakatlar (Speedtest Global Index)

Eng tez mobil internetga ega shahar va mamlakatlar (Speedtest Global Index)

Illyustrativ foto

Fors ko‘rfazidagi arab mamlakatlari va shaharlari, Speedtest Global Indexga ko‘ra, dunyoda eng tez mobil internetdan foydalanmoqda.

Eng yaxshi mobil internetga ega shaharlar:

  1. Ar-Rayyan (Qatar) — 417,17 Mbit/s;
  2. Dubay (BAA) — 336,57 Mbit/s;
  3. Abu-Dabi (BAA) — 296,03 Mbit/s.

Top-10 ga kirgan shaharlar: Lissabon, Doha, Kopengagen, Ar-Riyod, Oslo, Shanxay, Pekin.

Kuba poytaxti Gavana reytingda so‘nggi 178-o‘rinda qayd etildi. Gavanaliklar 4,6 megabit/soniya tezlikdagi mobil internetdan foydalanishmoqda.

Eng yaxshi mobil internetga ega mamlakatlar:

  1. Qatar — 286,42 Mbit/s;
  2. BAA — 284,21 Mbit/s;
  3. Quvayt — 216,96 Mbit/s.

Top-10 ga kirgan mamlakatlar: Janubiy Koreya, Daniya, Xitoy, Norvegiya, Islandiya, Niderlandiya, Saudiya Arabistoni. 

Sharqiy Timor 3,34 Mbit/s tezlikdagi internet bilan reytingning quyi qatoridan joy oldi (155-o‘rin).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring