Geksaazot yoki N6 — energiyaga eng boy modda olindi

Germaniyaning Gissen universitetida organik kimyo professori Peter Shrayner boshchiligidagi jamoa azotning 6 atomidan iborat molekula olishga muvaffaq bo‘ldi. Geksaazot yoki N6 deb ataluvchi bu modda — shu paytgacha shakllantirilgan energiyaga eng boy modda.
Ta’kidlanishicha, molekula yangi, ekologik toza raketa yonilg‘isi uchun asos bo‘lishi mumkin. Ammo tadqiqotni davom ettirishga yaxshigina mablag‘ kerak, shunda 3-5 yildan so‘ng geksaazotdagi birinchi raketani sinab ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Professor Shrayner haligacha bironta harbiylashgan ilmiy-tadqiqot institut qo‘ng‘iroq qilmaganiga ajablandim, deya hazillashdi. Uning fikricha, N6 dan mudofaa maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter