Investitsiya faoliyati zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi

«Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan investitsiya faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 1-oktyabrgacha investitsiya platformalaridan «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimida quyidagi yo‘nalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi:
- qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va sotib olishda;
- venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda;
- kommandit shirkatlarga hissa kiritishda.
Investitsiya platformalari operatori uchun quyidagi talablar belgilandi:
- rezident yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi;
- vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron reyestrga kiritilgan bo‘lishi;
- o‘z faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshirishi;
- investitsiya platformasi orqali rasmiylashtirilgan shartnomalar reyestrini yuritishi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter