Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«LG»ning ortidan: Yana bir smartfonlar brendi faoliyatini to‘xtatdi

«LG»ning ortidan: Yana bir smartfonlar brendi faoliyatini to‘xtatdi

Foto: «Ferra.ru»

2021 yilning aprelida «LG» kompaniyasi smartfonlar ishlab chiqarishni batamom to‘xtatishini e’lon qilgandi. Uning ortidan smartfonlar bozorini yana bir brend  tark etmoqda — «Vsmart» (Vetnamning «VinSmart» brendi).

Xabarda aytilishicha, «Vingroup» bor kuchini elektrokarlar ishlab chiqarishga tashlaydi va «VinSmart» elektronika yo‘nalishini yopadi. Ushbu brend smartfonlari va televizorlari bilan nom chiqargandi. Endi bu tarixga aylanadi.

Nisbatan ancha arzon qurilmalar chiqaruvchi «VinSmart»ga 2018 yilda asos solingandi.

«Vingroup» bayonotiga ko‘ra, bu kompaniya uchun juda muhim strategik qaror: maqsad «VinFast» (elektromobillar bo‘limi)ni o‘z sohasida dunyodagi eng yetakchi brendlardan biriga aylantirishdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring