Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Microsoft» kompaniyasi 10 kundan so‘ng «Windows 7»ni qo‘llashni to‘xtatadi

«Microsoft» kompaniyasi 10 kundan so‘ng «Windows 7»ni qo‘llashni to‘xtatadi

Foto: «Wccftech»

«Microsoft» kompaniyasi «Windows 7» operatsion tizimini qo‘llashni to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.

«Windows 7» chiqqaniga 10 yil bo‘ldi, uni qo‘llash (yangilash) 2020-yilning 14-yanvaridan to‘xtatiladi», — deyiladi «Microsoft» xabarida.

Qo‘llash to‘xtatilgan operatsion tizimga viruslar yoki boshqa xavfli dasturiy ta’minotlar hujumi xavfi oshadi.

«Himoyalanishning eng yaxshi yo‘li — «Windows 10»gacha yangilanishdir, shuning barobarida kompyuteringizning o‘zini ham yangilab olganingiz ma’qul. To‘g‘ri, «Windows 10»ni eski kompyuterga o‘rnatsa ham bo‘ladi, biroq biz bunday qilishni tavsiya qilmagan bo‘lardik», — deyiladi rasmiy saytdagi xabarda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring