Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Microsoft» muhandislari ko‘zi ojizlar uchun VR-hassa yaratdi

«Microsoft» muhandislari ko‘zi ojizlar uchun VR-hassa yaratdi

Foto: «Hi-News»

«Microsoft» kompaniyasi ko‘rish qobiliyati yo‘q va past bo‘lgan odamlar uchun virtual reallikni yaratdi. Endilikda ko‘zida nuqsoni bor odamlar VR-hassadan foydalangan holda noma’lum bo‘lgan yo‘llarning virtual reallikni yaratib, undan bemalol hech qanday xavf-xatarsiz o‘tib olishi mumkin, deb xabar berdi «Hi-News».

Mazkur tizim hassani ushlab turishga mo‘ljallangan uzun metall sterjenli belbog‘dan, shuningdek, «HTC Vivi» modelidagi VR-shlemdan iborat. Foydalanuvchi VR-hassa yordamida atrofni paypaslagancha odatdagidek harakatlanadi. Biror ob’yektga yaqinlashganida esa, hassaga o‘rnatilgan vibromotor to‘qnashish haqida ogohlantirish berib, qimirlaydi va bu orqali foydalanuvchini kerakli vaqtda to‘xtatadi. Shu bilan birga shlemdagi naushniklar ovoz xarakteristikasiga bog‘liq shovqin chiqaradi. Foydalanuvchi bu orqali nimaning ustida yurib ketayotganini, masalan, gilam yoki plitka ekanligini sezadi, oldinda to‘siqlar borligini tushunadi.

Ayni vaqtda tizimda devorlarni aniqlash borasida biroz qiyinchilik bor. Bu kabi to‘stiqlarni VR-hassa yordamida paypaslash mumkin, biroq garnitura kerakli ovozni qiyinchilik bilan tarqatmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, tizim ko‘rish qobiliyati past insonlarga yangi yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanishda hech qanday xavf va stressga tushmasliklarida yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring