Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston yana samolyotlar ishlab chiqarishni boshlaydi

O‘zbekiston yana samolyotlar ishlab chiqarishni boshlaydi

O‘zbekistonda yana samolyotlar ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga “Navoiy” EIZ direktori Xabib Abdullayev ma’lum qildi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan INNOPROM ko‘rgazmasida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” AJ va Rossiyaning "Pervoye" tajriba-konstruktorlik byurosi MChJ o‘rtasida memorandum imzolandi.

Hujjatda SP-30 loyihasi asosida fuqarolik tipidagi boshqariladigan va uchuvchisiz samolyotlarni ishlab chiqarishni joylashtirish nazarda tutilgan. Aytilishicha, oktyabr oyidan boshlab yiliga 100 ta samolyot ishlab chiqarish boshlanadi.

“Loyihaning umumiy qiymati uchinchi yilda 100 ta mashina ishlab chiqarish rejalaridan kelib chiqib, 3 yil davomida 30 million dollarga baholanmoqda. Birinchi samolyot 2025 yil oktyabr oyida chiqarilishi rejalashtirilgan”, — dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga “Navoiy” EIZ direktori Xabib Abdullayev.

В Узбекистане вновь будут строиться самолёты - Sputnik Ўзбекистон, 1920, 01.05.2025

Qayd etilishicha, o‘zining yengil samolyotlar va samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlarini yaratish O‘zbekistonga o‘zining aviatsiya sanoatiga ega davlatlar qatoriga qaytish imkonini beradi.

Ishlab chiqarish O‘zbekistonning ichki ehtiyojlarini qondirishga, shuningdek, Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga eksport qilishga yo‘naltirilgan.

Ma’lumot uchun, SP-30 butunlay metalldan yasalgan, ikki o‘rindiqli samolyot bo‘lib, u allaqachon Rossiyada eng ko‘p ishlab chiqarilgan yengil samolyotga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring