Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pandemiya davrida tanlov: bosh mukofot – 15 000$

Pandemiya davrida tanlov: bosh mukofot – 15 000$

Mahalliy IT-startapchilar «Alibaba GET Global Challenge 2020» xalqaro tanlovida ishtirok etishlari mumkin.

«Alibaba GET Global Challenge 2020» dunyo bo‘ylab yoshlar uchun pandemiya oqibatlarini yumshatish va odamlarga kundalik hayotning barcha sohalarida yordam berishga qaratilgan xalqaro tanlovdir.

Tanlovning maqsadi yangi biznes paradigmasining ijobiy ta’sirini ko‘rsatish, har tomonlama rivojlanishni rag‘batlantirish, yoshlar va tadbirkorlarni ruhlantirish, shuningdek, turli sohalar va tashkilotlarga o‘z faoliyatlarida raqamli transformatsiyani yo‘lga qo‘yishda yordam berishdir.

«Alibaba GET Global Challenge 2020» tanlovi bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi va onlayn rejimda o‘tkaziladi.

18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan har bir kishi tanlov shartlardan kelib chiqib, IT-loyihalarini taklif etishi mumkin. Ishtirokchilar 3-5 kishidan iborat jamoalarga birlashadi. Bundan tashqari, jamoada kamida bitta ingliz tilida so‘zlashadigan a’zo bo‘lishi kerak, chunki musobaqa ingliz tilida bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro tanlovning bosh mukofoti – 15 000$ va Alibaba Group kompaniyasining bosh ofisiga borib kelish xarajatlarini to‘liq qoplash. Bundan tashqari, tanlovning barcha ishtirokchilari uchun biznesni rivojlantirish bo‘yicha treninglar va seminarlar o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistonning tanlangan 36 jamoasi uchun birinchi onlayn trening 2020 yil 23 mayda bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2020 yilning 21 mayigacha qabul qilinadi.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://clck.ru/NSU2w

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring