Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda Yosh dasturchilar forumi o‘tkazildi

Sirdaryoda Yosh dasturchilar forumi o‘tkazildi

Foto: «Xabar.uz»

Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tashkil etilgan «Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi»da joriy yil 22-may kuni Yosh dasturchilar forumi o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan vazirlikning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyat hokimligi va Guliston davlat universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda Guliston davlat universiteti, Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji talabalari, umumta’lim maktab o‘quvchilari, shuningdek mahalliy dasturchilar hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchi IT-kompaniyalar ishtirok etdilar.

Yosh dasturchilar forumini o‘tkazishdan asosiy maqsad avvalgi yillarda bo‘lgani kabi bu yil ham axborot texnologiyalari sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan loyihalarni namoyish etish hamda ularni qo‘llab quvvatlashdan iborat.

Forum davomida dasturchilar o‘zlari tomonidan yaratilgan loyihalari taqdimotini o‘tkazdilar.

Toshkent shahridagi Inha, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda nufuzli IT-kompaniyalarning malakali mutaxassislari ishtirokida shakllantirilgan Hay’at a’zolari tomonidan Sirdaryo viloyatida yoshi cheklanmagan dasturchilar tayyorlagan loyihalar baholanib, zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alar va maxsus diplomlar bilan taqdirlandilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring