Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATUda xalqaro onlayn konferensiya o‘z ishini boshladi

TATUda xalqaro onlayn konferensiya o‘z ishini boshladi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlari va tadbiqiga bag‘ishlangan «International Conference on Information Science and Communications Technologies: Applications, Trends and Opportunities – ICISCT2020» xalqaro ilmiy-texnik onlayn konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Konferensiya Xalqaro elektronika va elektrotexnika muhandislari instituti (IEEE) bilan hamkorlikda TATU va uning Samarqand filialida o‘tkazilmoqda.

Konferensiyada AQSh, Kanada, Saudiya Arabistoni, Koreya, Hindiston, Malayziya, Xitoy kabi dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridan ilg‘or oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlarining yetakchi olimlari, tadqiqotchilari va izlanuvchilari ishtirok etmoqda.

Konferensiyaning asosiy maqsadi – axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilmiy tadqiqotlarini amalga oshirayotgan olimlar va izlanuvchilarni ilmiy tadqiqot natijalarini muhokama qilish, o‘zaro bilim almashinish va kelgusi tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha fikrlar almashinish hisoblanadi.

Konferensiyaning tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan sho‘’balari ertaga 5 noyabr kuni ham o‘z ishini davom ettiradi.

Konferensiyaning 6 noyabrga mo‘ljallangan dasturi doirasida xorijiy professorlar TATU va uning filiallari yosh olimlari, magistrant va doktorantlariga zamonaviy texnologiyalar va ular ustida tadqiqotlar bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu onlayn konferensiyada ko‘tariladigan masalalar axborot kommunikatsiya sohasida vujudga kelayotgan muhim masalalarni yechishda, ilg‘or texnologiyalarni jamiyatimizga tadbiq etilishi hamda mutaxassislar o‘rtasida bilim va tajriba almashinish uchun katta tajriba maydonchasi bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring