Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Unbound»: O‘zbekistonda IT-sohasining rivojlanish dinamikasi Qozog‘istonga qaraganda yaxshiroq va tezroq o‘smoqda

«Unbound»: O‘zbekistonda IT-sohasining rivojlanish dinamikasi Qozog‘istonga qaraganda yaxshiroq va tezroq o‘smoqda

Foto: «it-park.uz»

Bugungi kunda butun davlatning rivojlanishi IT-sohasining rivojlanishiga bevosita bog‘liq, shuning uchun dunyoning ko‘pgina mamlakatlari birinchi navbatda barcha e’tiborini butun IT-ekotizimni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratmoqdalar. «Scal8R» kompaniyasining asoschisi va «Unbound» kompaniyasining vakili Igor Ovcharenko IT-park uchun bergan intervyusida O‘zbekiston IT-sohasi chetdan qaraganda qanday ko‘rinishi haqida gapirdi.

– «Unbound» tashkiloti qachon tashkil etilgan va u nima bilan shug‘ullanadi?

– «Unbound Global Global» kompaniyasi 2013 yilda Daniyel Siyel tomonidan ekotizimning etakchi ishtirokchilari: tadbirkorlar, investorlar, korporatsiyalar, hukumatlar, akselerator, inkubator va boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ko‘priklar qurish orqali startap-ekotizimni rivojlantirishga yordam berish maqsadida tashkil etilgan.

«Unbound» – bu innovatsiyalarni global hurmat qiladigan kuchli, ishonchli brend. Biz ­ – yaxshiroq raqamli kelajakni rivojlantirish uchun tadbirkorlar, korporativ biznes, investorlar va hukumat o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etadigan ko‘prikmiz. Biz innovatsion g‘oyalarni butun dunyo bo‘ylab raqamli jamoalarga namoyish etish orqali qo‘llab-quvvatlaymiz.

«Unbound» Cingapur, London va Abu Dabida innovatsion festivallarni tashkillashtirish bilan dunyoga mashhur bo‘lib, unda to‘rtta qit’adan 5000 dan oshiq delegatlar, 2500 ta brendlar va korporatsiyalar, 2000 dan ortiq startaplar va turli xil korxonalar qatnashadi. Ushbu tadbirlar 70 dan ortiq mamlakatlarda xalqaro auditoriyaning 20 foizidan ortig‘ini qamrab oladi.

«Unbound Tashkent»  tadbirini qanday baholaysiz?

– «Unbound Tashkent»  kompaniyamizning Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasiga xizmat safaridagi Boku (5 avgust) va Tbilisida (7 avgust) o‘tkazilgan tadbirlarimizdan keyingi uchinchi bekat bo‘ldi. «Unbound Tashkent»  O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazildi. 2019 yil 9 avgust kuni Toshkentdagi «GroundZero TechnoPlaza»da bo‘lib o‘tgan tadbir O‘zbekistonning eng yaxshi texnologik tadbirkorlarini, shuningdek, investorlar, korporatsiyalar, davlat vakillari va startap-ekotizimning boshqa asosiy ishtirokchilarini tadbirkorlikni kasb tanlovi sifatida targ‘ib qilish maqsadida yig‘di.

– O‘zbekistonning IT-sektori haqida qanday fikrdasiz?

– Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan tadbir ishtirok etish uchun eng ko‘p murojaatlarni to‘pladi – 50 dan ortiq va bizning sayohatlarimiz rekordini yangiladi! Bu O‘zbekistonda texnologik tadbirkorlik rivojlanib borayotganidan dalolat beradi va biz 3-5 yil ichida mamlakatingizdan katta yangiliklarni kutsak arziydi.

– O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlarining texnologik yetakchisiga aylanish imkoniyatiga egami?

– Menimcha, hozir Qozog‘iston Markaziy Osiyo mintaqalarida IT-sohasida yetakchi o‘rinni egallab turibdi degan fikrga hamma qo‘shilsa kerak. Biroq, hozirgi paytda O‘zbekistonda IT-sohasining rivojlanish dinamikasi yanada yaxshi va tezroq o‘smoqda, shuning uchun, agar ushbu o‘sish sur’atlarini saqlab qola olsangiz, yaqin 5-10 yil ichida qo‘shni mamlakatni quvib yetishingiz va ortda qoldirishingiz uchun barcha imkoniyatlar mavjud deb o‘ylayman.

Foto: «it-park.uz»

– Buning uchun biz qanday qadamlarni qo‘yishimiz kerak? Sizning fikringiz, tavsiyalaringiz va maslahatlaringiz.

– Men sizga bir nechta chora-tadbirlarni amalga oshirishni maslahat bergan bo‘lardim:

1) Sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarida mutlaqo kasbiy ixtisoslik va kasbiy yo‘naltirishga e’tibor qaratilmaganligi sababli, O‘zbekistondagi vakolatli shaxslarga texnik va Soft-bilimlarini, o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida, ya’ni mamlakatda barcha ta’lim darajalarida rivojlantirishni maslahat beraman.

2) O‘zbekiston – Markaziy Osiyodagi eng yirik bozor bo‘lganligi sababli, mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida raqobatni kuchaytirish va O‘zbekiston bozorini texnologik g‘oyalar bilan to‘ldirish maqsadida, respublikaning yirik shaharlarida texnologik tadbirkorlar uchun «soft landing point»ni (biznes siklidagi yumshoq qo‘nish – muharrir izohi) tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatda innovatsiyalarni qabul qilish indeksini oshirishga imkon beradi.

1) Tashqi va ichki investorlarning sarmoyasi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga, shuningdek, biznes-angellar klub(lar)ini yaratishga bor diqqatni qaratish kerak.

2) Startap-ekotizimni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun ijtimoiy institutlarni rivojlantirish.

3) O‘zbekistondagi eng yirik kompaniya va korporatsiyalarni jalb qilish va ularning texnologik tadbirkorlar ishtirokida innovatsion dasturlarni yaratishlariga turtki berish.

4) O‘zbekistonning maqsadli bozorlarida yo‘l shousini tashkil etish va boshqa mamlakatlarning xuddi shunday «soft landing points»lari bilan aloqalarni o‘rnatish, digital-ambassadorlar tarmog‘ini yaratish, shuningdek, O‘zbekistonning startap-ekotizimiga iloji boricha ko‘proq xalqaro e’tiborni jalb qilish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring