Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazir dengiz sathidan 1905 metr balandlikdagi «Qo‘ytosh» stansiyasiga bordi (foto)

Vazir dengiz sathidan 1905 metr balandlikdagi «Qo‘ytosh» stansiyasiga bordi (foto)

Foto: MITC

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Jizzax viloyatidagi xizmat safari doirasida «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK Samarqand radioteleuzatish markaziga qarashli Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi «Qo‘ytosh» radioteleuzatish stansiyasi faoliyati bilan tanishdi.

«Qo‘ytosh» radioteleuzatish stansiyasi (RTS) Jizzax viloyati G‘allaorol tumani, Qo‘ytosh shaharchasidan 10 kilometr uzoqlikda, dengiz sathidan 1905 metr balandlikda joylashtirilgan. Stansiyada 72 metr balandlikdagi antena machta inshooti mavjud bo‘lib, unga o‘rnatilgan antenalar orqali Jizzax, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari aholisiga televideniye va radio signallarni uzatib berish imkoniyati mavjud.

AKT vazirining bevosita tashabbusi bilan ko‘p yillardan buyon RTSdagi avtotransport muammosi ijobiy hal qilinib, Rossiyada ishlab chiqarilgan «YeNESEY» STM-1993055 rusumli maxsus ishlab-chiqarish texnologik transport vositasi xarid qilindi va 2020 yil yanvar oyida «Qo‘ytosh» RTSga yetkazildi.

Mazkur maxsus avtotransport vositasi ushbu RTSda o‘rnatilgan barcha texnik qurilmalarni uzluksiz va barqaror ishlashi, ishchi xodimlarning kelib-ketishi, ob’yekt faoliyati uchun zarur bo‘ladigan qurilma va yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini tashish uchun juda asqotmoqda.

2021 yil yanvar oyida Jizzax viloyatida «Jizzax» radiodasturlarining qamrov hududini viloyat miqyosida kengaytirish maqsadida, «Qo‘ytosh» RTSda modernizatsiya qilish orqali radiouzatkich quvvati kuchaytirildi va hududga uzatilayotgan viloyat radiosining qamrovi bir necha borabar kengaydi.

Shuhrat Sodiqov RTSda xizmat qilayotgan xodimlar bilan suhbatlashib, bu yerda o‘rnatilgan yangi zamonaviy raqamli teleuzatkichlarni ko‘zdan kechirdi va 2021 yilda «Qo‘ytosh» RTS hududida olib borilgan obodonlashtirish va texnik xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring