Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xabar.uz» portalining mobil ilovasi ishga tushirildi

«Xabar.uz» portalining mobil ilovasi ishga tushirildi

«Xabar.uz»ning «Android» mobil ilovasi.

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» portali o‘z foydalanuvchilari uchun ajoyib yangilik tayyorladi. Endilikda mamlakatimiz va xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan muhim voqealar, dolzarb xabar va yangiliklarni «Xabar.uz» mobil ilovasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

«Xabar.uz» portalining «Android» mobil ilovasi.

«Google Play» do‘konidan «Xabar.uz»ning «Android» tizimida ishlaydigan qurilmalar uchun mo‘ljallangan mobil ilovasini bepul yuklab olib, tezkor, xolis va sifatli yoritib borilayotgan tahlil va xabarlardan qulay tarzda voqif bo‘lasiz.

«Xabar.uz» portalining «Android» mobil ilovasi.

Yangiliklar uzluksiz yangilanib turiladi. Foydalanuvchilarimiz kunning istalgan vaqtida tezkor xabarlardan birinchilardan bo‘lib boxabar bo‘lishadi.

«Xabar.uz» portalining «Android» mobil ilovasi.

«Xabar.uz» mobil ilovasi maksimal darajada oddiy va o‘quvchilar uchun qulay qilib ishlandi. U sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • mobil ilova orqali internetga sarflanadigan trafigingiz ancha tejaladi;
  • yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlarga ulashish osonlashadi;
  • avval yuklangan xabarlarni offlayn holatda ham o‘qishingiz mumkin;
  • videoxabarlarni tomosha qilishingiz mumkin;
  • xabarlardagi rasm sifatini (yuqori, o‘rtacha, past) tanlash, bu orqali internet trafigi sarfini yanada tejash imkoni bor;
  • asosiy oynada batafsil, muhim xabarlar va barcha yangiliklarning qisqacha lentasi mavjud;
  • video va fotoxabarlarning shakli, o‘lchami mobil qurilmangizning ekrani o‘lchamiga avtomatik moslashadi;
  • bugungi, 3 kunlik, haftalik va oylik eng ko‘p o‘qilgan xabarlar ro‘yxatini alohida kuzatib borish imkoni yaratilgan.
«Xabar.uz» portalining «Android» mobil ilovasi.

Kelgusida mobil ilova takomillashtirilib boriladi va yana bir qancha qulay funksiyalar qo‘shiladi.

Shuningdek, «iOS» platformali telefonlar uchun mo‘ljallangan mobil ilovamiz ham yaqin vaqt ichida ishga tushadi.

Mobil ilovamizni baholashni (★★★★★) unutmang. Bu biz uchun muhim ahamiyatga ega!

«Xabar.uz» portalining «Android» mobil ilovasi.
Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring