Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyning «Chan’e-5» zondi Oyga qo‘ndi

Xitoyning «Chan’e-5» zondi Oyga qo‘ndi

Foto: «Global Look Press/Xinhua»

Xitoyning «Chan’e-5» apparati 1-dekabr kuni tuproq namunalari va ma’lumotlar to‘plash uchun Oyning belgilangan hududiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda Xitoy milliy kosmik boshqarmasi (CNSA) xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, zond Oyning ko‘rinadigan tomoniga qo‘ndirilgan.

24-noyabr kuni Xitoyning «Chanchjen-5» raketasi ortga qaytuvchi «Chan’e-5» apparati bilan Xaynan orolidagi kosmodromdan uchirilgandi.

Apparat Oydagi tuproq namunalarini to‘plagach, ularni olib Yerga qaytishi kerak. Missiya 23 kunga mo‘ljallangan.

Apparat Yerga 2 kilocha regolit olib kelishi kutilmoqda. Operatsiya muvaffaqiyatli chiqsa, Xitoy Sobiq Ittifoq va AQShdan so‘ng bunday missiyani amalga oshirgan uchinchi mamlakatga aylanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring