Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana 58 ta kompaniya MUIC rezidentlari safiga qo‘shildi

Yana 58 ta kompaniya MUIC rezidentlari safiga qo‘shildi

Foto: «Muic.uz»

Yana 58 ta AT-kompaniya «Mirzo Ulugbek Innovation Center»ning rezidentlari qatoriga kirdi. Ularning huquqiy maqomini tasdiqlovchi guvohnomalar tashkilot rahbari tomonidan taqdim etildi.

Guvohnomalarni taqdim etish marosimini innovatsiya markazi direktorii Farhod Ibragimov ochib berdi. Tashkilot rahbari rezidentlarning biznesini rivojlantirish va ularning mahsulotlari eksporti hamda xizmatlar hajmini oshirishda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ko‘mak berish yuzasidan MUICning bugungi kundagi vazifalari va kelgusidagi rejalari haqida ma’lumot berdi.

Shunday qilib, MUICning rezidentlari soni 262 taga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring