Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektron hukumat markazi yuqori maoshli ish taklif qilmoqda

Elektron hukumat markazi yuqori maoshli ish taklif qilmoqda

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi quyidagi bo‘sh ish o‘rini uchun nomzodlarni taklif etadi:

▪️  IT-tahlil mutaxassisi

Nomzodlarga asosiy talablar:

  1. Axborot texnologiyalari sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lish.
  2. “Elektron hukumat” sohasida nazariy va amaliy bilimlar (IT-loyihalarni muvofiqlashtirish, Axborot tizimlari, ularni integratsiyalash, unifikatsiya qilish, ma’lumotlar bazalari, API, YaIDXP bilan ishlash va boshqalar).
  3. A’lo darajadagi yozma va og‘zaki savodxonlik (o‘zbek, rus tillari. Ingliz tilini biladigan nomzodlar ijobiy baholanadi).
  4. Kompyuter savodxonligi, jumladan, Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint v.b.) dasturlarini mukammal bilish.
  5. Veb-texnologiyalarda ishlash (HTML, CSS, CMS, CRUD, REST, API, Client-server haqidagi nazariy bilimlarga ega bo‘lish);
  6. Halolllik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan bilan yondashish.
  7. Professional etiket, atrofdagilarga, shuningdek, hamkasblarga xurmat bilan munosabatda bo‘lish, jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
  8. Muomala madaniyati, o‘z fikri va mulohazalarini ifodalay olish, shuningdek, muzokara olib borish qobiliyatiga ega bo‘lish.
  9. Muammolar yechimi bo‘yicha tezkor fikrlash va o‘z takliflarini taqdim qila olish.
  10. Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lish va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olish.

Asosiy vazifalar:

▪️  Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari loyihalari monitoringni olib borish  va hisobotlarni yuritish.

▪️  Elektron hukumat va davlat xizmatlari sohasida masofaviy va elektron shakldagi qulayliklar yaratish ishlarida ishtirok etish.

▪️  Veb-sayt va axborot tizimlarining belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan izlanishlar olib borish.

▪️  Hududlarda raqamli rivojlanish darajasini tahlil qilish va baholash.

▪️  Axborot tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan takliflar berish. Vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilayotgan axborot tizimlarini maqsadli ishlab chiqilishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish.

Ish sharoiti:

▪️ munosib ish haqi (suhbat davomida muhokama qilinadi);

▪️ barcha sharoitlarga ega shinam ofis va quvnoq jamoa;

▪️ 5/2 ish jadvali, soat 9:00 dan 18:00 gacha;

▪️ lavozim ko‘tarilishi imkoniyati;

▪️ tibbiy sug‘urta.

Ish o‘rni sizni qiziqtirib qo‘ydimi?

Elektron pochtaga xabar yuboring: u.xaydarov@egov.uz

Telegram: @egovuz_bot

Ma’lumot uchun telefon: +998 55-501-36-30

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring