Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

11 yoshli bolakay bir yil ichida universitetni tamomlab, hech kimning xayoliga kelmagan rejalar tuza boshladi

11 yoshli bolakay bir yil ichida universitetni tamomlab, hech kimning xayoliga kelmagan rejalar tuza boshladi

Belgiyalik 11 yoshli bola Antverpen universitetini tugatib, fizika bo‘yicha bakalavr darajasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda 9NEWS xabar bermoqda.

Loran Simons (Laurent Simons) akademik daraja olish uchun atigi bir yil sarfladi. Odatda buning uchun uch yil kerak bo‘ladi.

Endi vunderkind bola Flaman universiteti magistri bo‘lish haqida o‘ylayapti. Shundan keyin hech kimning xayoliga kelmagan rejalarini amalga oshirmoqchi.

«Men imkon qadar ko‘proq a’zolarimni sun’iysiga almashtirishni xohlayman», — dedi Simons.

Avvalroq u Bryugge maktabida bir yarim yil ichida to‘liq kursni tamomlagan.

Bola 2019-yil oxirida 9 yoshida Eyndxoven Texnologiya Universitetini elektrotexnika ixtisosligi bo‘yicha o‘qishni tugatishi kerak bo‘lganida dunyoga tanildi. Universitet ma’muriyati va ota-onasi o‘rtasida bitiruv sanasi bo‘yicha kelib chiqqan nizo tufayli Simons maktabni tark etishiga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring