Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliqchilarni 15 yil aldab yurgan milliarder fosh bo‘ldi

Soliqchilarni 15 yil aldab yurgan milliarder fosh bo‘ldi

Illyustrativ foto

Eng boy afroamerikalik Robert Smit 15 yil davomida yolg‘on deklaratsiyalar to‘ldirib, soliq to‘lashdan qochib yurganini tan oldi. Bu haqda «Bloomberg» xabar berdi.

AQSh prokuraturasi talqinicha, soliqchilarga firib berish uchun Smit chet el kompaniyalari va trast fondlaridan foydalanib kelgan. Ta’kidlash o‘rinliki, milliarder qilmishi uchun sud ta’qibiga olinmadi, negaki, boshqa bir tadbirkor — Robert Brokman ishi yuzasidan hukumat bilan hamkorlikka ko‘ngan. Brokmanni «soliq to‘lamaslik bo‘yicha chempion» deyish mumkin — 2 milliard dollar to‘lashi shart.

Robert Smit esa soliqchilardan 140 million dollar atrofida «qarzdor».

Robert Smit. Foto: «Answersafrica»
  • Ma’lumot uchun: Robert Smit $5 mlrd. boyligi bilan «Forbes»ning o‘tgan yilgi reytingida jahonda 355-o‘rinni band etgan. Asosiy biznesi — «Vista Equity Partners» investitsiya jamg‘armasi. Pulini asosan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga tikadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring