Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

17 yoshli qiz dunyoning qudratli prezidentiga gap qaytardi (foto)

17 yoshli qiz dunyoning qudratli prezidentiga gap qaytardi (foto)

Kollaj: «Xabar.uz»

Joriy hafta davomida koronavirus ofati, turli mamlakatlarda davom etayotgan norozilik namoyishlari hamda dahshatli yong‘inlar eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi. Quyida jahonda hafta davomida ro‘y bergan eng muhim 7 voqeani yodga olib o‘tamiz.

1. AQShning Virjiniya shtatida qurol taqiqiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Shtatning rahbariyati qurol-yarog‘ savdosini taqiqlash va bu borada nazoratni kuchaytirishni taklif etmoqda. Virjiniya qonun chiqaruvchi idorasi qarshisida to‘plangan izdihom esa shtat rahbariyatining ushbu tashabbusini nomaqbul deb baholadi. Foto: «Reuters»
2. Germaniya poytaxti Berlinda Liviyada tinchlik o‘rnatishga bag‘ishlangan xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kansler Angela Merkel tashabbusi bilan tashkil etilgan mashvaratda BMT Bosh kotibi, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Misr, Rossiya, AQSh davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, tashqi ishlar vazirlari qatnashdi. Suratda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson nedir muhim gap bilan barchani o‘ziga qaratgani aks etgan. Foto: «Getty Images»
3. Xitoyda koronavirusni yuqtirganlar soni tobora oshib bormoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ushbu dardga chalinganlar soni 1975, u tufayli vafot etganlar esa 56 nafarga yetdi. Xitoy rahbari Si Szinpin o‘limga olib boruvchi virus shiddat bilan tarqalayotganini tan oldi. Surat virus o‘chog‘i – Uxan shahrida olingan. Foto: «Reuters»
4. Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan jahon iqtisodiy forumida shvetsiyalik iqlim himoyachisi Greta Tunberg AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bahsga kirishdi. AQSh yetakchisi global iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini kamaytirish uchun millionlab ko‘chat ekish tashabbusini ilgari surdi. 17 yoshli Greta esa iqlim o‘zgarishlarini faqat nihol o‘tqazish bilan hal etib bo‘lmasligini ta’kidlab, siyosiy arboblarni tanqid qildi. Suratda Gretaning prezident Tramp mulohazalariga norozilik ifodasi sifatida zaldan namoyishkorona chiqib ketayotgani aks etgan. Foto: «Reuters»
5. Iroqda 2019-yil oktyabrdan buyon hukumatga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Joriy hafta esa mamlakat bo‘ylab aksilamerika chiqishlari kuchaydi. Ko‘p ming sonli namoyishchilar Iroqdan AQSh harbiylari chiqish ketishini talab qilmoqda. Foto: «AFP»
6. Avstraliyani o‘z domiga olgan yong‘inlarda milliarddan ziyod jonivor halok bo‘ldi. 2019-yil avgust oyidan buyon davom etayotgan yong‘in insoniyat tarixidagi eng dahshatli ofatlardan biri o‘laroq baholanmoqda. Yong‘inlar oqibatida 6,3 million gektar o‘rmon yonib kulga aylandi, minglab odam boshpanasini tark etdi. Suratda ofatdan mo‘’jiza tufayli omon qolgan kenguru aks etgan. Foto: «Reuters»
7. Avstriyalik Daniel Baxer o‘smirlar o‘rtasida qishki Olimpiya o‘yinlarida murakkab tryuklarni namoyish etmoqda. Leyzin, Shveysariya. Foto: «OC».

C.Calim tayyorladi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring