Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

28 yil avval g‘oyib bo‘lgan erkakning jasadi daryo tubidan topildi

28 yil avval g‘oyib bo‘lgan erkakning jasadi daryo tubidan topildi

Foto: «Belfast Telegraph»

Irlandiyaning Londonderri grafligida 28 yil avval yo‘qolgan Jeyms Pattersonning murdasi topildi. Bu haqda mahalliy «Belfast Telegraph» gazetasi xabar berdi.

Oxirgi marta 54 yoshli Pattersonni 1991-yil 6-oktyabrda ko‘rishgan. U Maxerafelt shahridagi shifoxonaga do‘stini ziyorat qilish uchun borgan va dom-daraksiz g‘oyib bo‘lgan. Keng qamrovli qidiruv ishlariga qaramay, uni topa olishmagan.

Joriy yil iyul oyida Bann daryosi tubidan to‘q yashil rangli «Ford Orion» sedanini chiqarib olishdi. Mashina salonida odam qoldiqlari ham topilgan. Bu joy Maxerafelt shifoxonasiga olib boradigan yo‘lda joylashgan. Politsiya DNK-test o‘tkazib, odam qoldiqlari Pattersonga tegishli ekanligini aniqladi.

Sudtibekspertiza tugagandan so‘ng odam qoldiqlari oilasiga topshirilgan. Dafn marosimi 10-avgust kuni bo‘lib o‘tdi.

Hodisa sababi ochiqlanmagan. Shimoliy Irlandiya politsiyasining ma’lum qilishicha, Pattersonning o‘limiga shubha bilan qaralmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring