Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng qora rangli daryo topildi

Eng qora rangli daryo topildi

ru.freepik.com

Ekologlar dunyodagi eng qora suvga ega daryo topilganini xabar berishdi. U Afrikada joylashgan. Bu Ruki Kongoning irmog‘i, dunyodagi eng katta ikkinchi daryo hisoblanadi.

Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, Ruki daryosi Amazondagi mashhur Rio Negrodan ancha quyuq. Olimlar ushbu noodatiy xususiyatga nima sabab ekanini aniqlash uchun tadqiqot o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda MIR 24 nashri.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, Rukidagi suvda ko‘p miqdorda erigan organik moddalar mavjud. Bundan tashqari, past nishab tufayli, unda cho‘kindi deyarli yo‘q.

Uglerodga boy moddalar o‘rmonni yuvadigan yomg‘ir bilan birga daryoga quyiladi. Bundan tashqari, yomg‘irli mavsumda oqim kengayadi va bir necha hafta davomida o‘rmonni suv bosadi. Shu vaqt ichida organik moddalarning ham suvga qo‘shilishi faollashadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, Rukining havzasi Shveysariyadan to‘rt baravar katta. Bu hudud hali ham o‘rganilmagan tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Daryo bo‘ylab yirik torf botqoqlari bor.

O‘zining noyob xususiyatlariga qaramay, daryo haqida ilgari ilmiy tadqiqotlar  qilinmagan. Olimlar 1930 yillarda suv sathini o‘lchashgan, ammo ularning kimyoviy tarkibi shu paytgacha hech qachon tahlil qilinmagan.

Yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Ruki tarkibida Kongoga qaraganda to‘rt barobar va Rio-Negroga qaraganda 1,5 barobar ko‘proq organik uglerod mavjud. Organik moddalarning asosiy manbai torf emas, balki o‘rmon o‘simliklaridir. Kongo havzasidagi torf botqoqlari taxminan 29 milliard tonna uglerodni saqlaydi, ammo olimlar hali ham uning atmosferaga tarqalishi ehtimolini past deb hisoblashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring