Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘oniston aholisi soni uch yilda 5 millionga qisqardi

Afg‘oniston aholisi soni uch yilda 5 millionga qisqardi

Foto: Ariana News

2024-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston aholisi soni 34,9 mln kishini tashkil etmoqda, shundan 51 foizi — erkaklar, 49 foizi — ayollar. Bu haqda 12 mart kuni Afg‘oniston statistika va axborot milliy boshqarmasi (NSIA) vakili Muhammad Halim Rofiy ma’lum qildi.

NSIA mamlakat hukumatiga 2025-yilda aholini ilmiy va kompleks ro‘yxatga olish rejasini taqdim etdi. Buning uchun bizga xalqaro tashkilotlarning bevosita va moliyaviy ko‘magi kerak, dedi Rofiy.

2021-yilda Afg‘oniston aholisi soni 39,8 millionni tashkil etgan, deyiladi BMT aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlarida. Demak, uch yil ichida mamlakat qariyb 5 million aholisini yo‘qotgan.

NSIA, shuningdek, tashqi savdo holati bo‘yicha ham ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Afg‘oniston fevral oyida 134 mln dollardan ziyod qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilgan, ularning aksar qismi Pokiston, Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘natilgan. Eksport hajmi o‘tgan oyga nisbatan $42,6 million dollar oshgan. Fevralda import hajmi 793,5 million dollarni tashkil etib, mahsulotlar asosan Eron, Xitoy va Pokistondan keltirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring