Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda qulagan samolyotda kimlar bo‘lgani ochiqlandi

Afg‘onistonda qulagan samolyotda kimlar bo‘lgani ochiqlandi

Afg‘onistonda halokatga uchragan samolyotda Tailandda kasal bo‘lib qolgan rossiyalik ayol va uning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan.

Afg‘onistonda radarlardan g‘oyib bo‘lgan Falcon-10 samolyoti Tailandda kasal bo‘lib qolgan rossiyalik ayolni tibbiy evakuatsiya qilishni amalga oshirmoqchi edi, deb xabar berdi Rossiya konsulligi. Shifokorlar ayolga septik shok tashxisini qo‘yishgan.

«Rossiya fuqarosi Anna Yevsyukovani shaxsiy tibbiy samolyotida evakuatsiya qilish jarayonida u bilan birga uning turmush o‘rtog‘i Anatoliy Yevsyukov ham bo‘lgan, u ham Rossiya fuqarosi», — deyiladi konsullik boshqarmasi xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevsyukovlar oilasi dekabr oyining o‘rtalarida Tailandda dam olishgan. Anna og‘ir kasal bo‘lib qolib, Hindistondagi kasalxonada davolangan. Ayolni Rossiyadagi kasalxonaga ko‘chirishga qaror qilingan. Buning uchun Falcon-10 samolyoti buyurtma qilingan.

Anatoliy Yevsyukov Volgodonskda bir nechta bozorlarni ochgan tadbirkor.

«Izvestiya» nashrining yozishicha, halokatga uchragan tadbirkorlar oilasining xorijda bir nafar farzandi qolgan. Uni olib ketishning iloji bo‘lmagan, chunki bemor bilan birga faqat bir kishiga hamrohlik qilishga ruxsat berilgan.

Halokatga uchragan samolyot bortida Yevsyukovlardan tashqari to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan: Dmitriy Belyakov, Arkadiy Grachev, Igor Sivorotkin va Pavel Popov.

Samolyot halokatiga, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkita dvigatelning nosozligi sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring