Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amazonkada dahshatli qurg‘oqchilik kuzatilmoqda

Amazonkada dahshatli qurg‘oqchilik kuzatilmoqda

Braziliyada halokatli qurg‘oqchilik tufayli dunyodagi eng katta daryo Amazonka sayozlashdi. 

Janubiy Amerikaning asosiy suv havzasidagi sath eng past darajaga tushdi. Braziliyaning Amazonas shtatida favqulodda holat e’lon qilindi, mintaqadagi eng yirik shahar Manaus falokat yoqasida. Daryo sayoz bo‘lib qolganligi sababli, shahar mamlakatning qolgan qismidan deyarli uzilib qoldi, chunki unga faqat suv orqali - qayiq yoki paromda borish mumkin edi. Hali ham ishlayotgan paromlarda shaharni tark etishga urinayotgan mashinalar qatori bir necha kilometrga cho‘zilgan.

Bundan tashqari, iqtisodiy muammolar boshlandi, asosiy ne’mat baliqlar shunchaki g‘oyib bo‘ldi. Manaus va Amazonka qirg‘oqlari bo‘ylab joylashgan boshqa kichik shaharlar va jamoalar ichimlik suvi va oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechirmoqda.

Sinoptiklarning prognozlari optimistik emas, ularning fikricha, mintaqada qurg‘oqchilik va jazirama davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring