Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angela Merkel kitob yozadi

Angela Merkel kitob yozadi

Angela Merkel va Beate Baumann.

Foto: DW

Angela Merkel o‘z muhim siyosiy qarorlari sharhlangan avtobiografik kitob yozmoqchi. Bu haqda sobiq kansler idorasi rahbari Beate Baumann «Spiegel» jurnaliga ma’lum qildi.

Kitob birgalikda qariyb 30 yil faoliyat olib borgan Merkel va Baumanning umumiy loyihasi hisoblanadi.

Baumanning aytishicha, loyiha ikki-uch yilga mo‘ljallangan, noshirni hozircha tanlashgani yo‘q. Tashqi mualliflar bilan hamkorlik qilinmaydi.

«Kitobni o‘zimiz, sharpa-yozuvchilar, tarixchilar, jurnalistlarni jalb etmasdan, yozmoqchimiz, kansler ikkovimiz buni uddalashimizga ko‘zimiz yetadi. Hech qanday tashqi mualliflar rejamizda yo‘q», — dedi Baumann.

Ma’lumot uchun: Angela Merkel Germaniya kansleri bo‘lgan (2005-y.) ilk ayol kishi. Uning rahbarlik yillarida jahon moliyaviy inqirozi, Yevropaning qarz inqirozi, Yevropaga ommaviy migratsiya (2015–2016-yillar) va koronavirus pandemiyasi kabi global voqea-hodisalar ro‘y berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring