Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh davlat kotibi Isroilga bordi. Uning kim tomonda ekani aniq

AQSh davlat kotibi Isroilga bordi. Uning kim tomonda ekani aniq

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Isroil hukumati rahbari Benyamin Netanyaxu va boshqa siyosatchilar bilan mamlakatdagi mavjud vaziyatni muhokama qilish uchun Isroilga bordi.

Times of Israel nashrining xabar berishicha, Blinkenning samolyoti Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroportiga qo‘ngan. U aeroportga yig‘ilgan jurnalistlarga izoh bermagan.

Tel-Avivga uchishidan oldin Blinken AQSh Isroilga falastinlik jangarilar bilan jangda zarur yordam ko‘rsatishini ochiq-oydin aytib o‘tdi va Hamas kuchlarining harakatlarini qoraladi.

«Men Isroilga AQSh prezidenti va Amerika xalqi nomidan juda oddiy va tushunarli xabar bilan ketyapman. Qo‘shma Shtatlar Isroil bilan birga. Biz Isroil xalqi bilan birga bo‘lishimiz kerak — bugun, ertaga va har kuni», — degan u.

Antoni Blinken Hamas tomonidan garovga olingan amerikalik fuqarolarning manzilini aniqlash va ularni qutqarish uchun Isroil tomoni bilan hamkorlik qilish niyatini bildirdi. Tel-Avivga tashrifi ortidan AQSh davlat kotibi Ammanga borishni rejalashtirgan va u yerda Iordaniyaning yuqori martabali rasmiylari va Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashadi.

Avvalroq bir qator siyosatchilar Isroildan urush me’yorlariga rioya qilishni so‘rashgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring