AQSh Eronga hujum qilsa, yaqin ittifoqchilari yordam bermoqchi emas
AQShning Yaqin Sharqdagi asosiy ittifoqchilari — Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Eronga zarba berilgan taqdirda Vashingtonga yordam berishdan bosh tortdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
«Saudiya Arabistoni AQShning Eronga ehtimoliy zarbasi uchun o‘z havo kengliklari va hududidan foydalanish imkoniyatini istisno qildi, bu esa Tramp ma’muriyatining Tehrondagi norozilik namoyishlari shafqatsizlarcha bostirilishiga javoban harakatlari variantlarini murakkablashtirdi», — deb yozdi nashr.
Avvalroq BAA tashqi ishlar vazirligi ham xuddi shunday bayonot bergandi.
Ta’kidlanishicha, 2019-yilda Yamandagi husiylar podshohlikning neft obyektlariga bergan zarbalaridan so‘ng Saudiya Arabistoni Eron bilan mojaroga aralashib qolishdan cho‘chimoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter