AQSh harbiylari Maduro va uning xotinini qo‘lga oldi
Maduroning qo‘lga olinishi haqidagi ilk kadrlardan biri (Haqiqiyligi tasdiqlanmagan).
Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi.
«Nikolas Maduro va rafiqasi qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketildi. Operatsiya AQSh huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida bajarildi. Tafsilotlar keyinroq e’lon qilinadi. Bugun soat 11:00 da Mar-a-Lagoda matbuot anjumani o‘tkaziladi», — deb yozdi jumladan AQSh prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, 3-yanvarga o‘tar kechasi Venesuela poytaxti Karakasdagi harbiy va fuqaro ob’yektlariga havo hujumi uyushtirilgan. Venesuela hukumati AQShni mamlakatga hujum qilishda ayblab, favqulodda holat e’lon qildi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Karakasda kamida yettita portlash sodir etilgan.
Nikolas Maduro barcha milliy mudofaa rejalarini amalga oshirishni buyurgan va mamlakatda favqulodda holat e’lon qilgan. Hukumat o‘z tarafdorlarini ko‘chalarga chiqishga chaqirgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter