Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh hujum qilish xavfi tufayli Eronga murojaat qildi

AQSh hujum qilish xavfi tufayli Eronga murojaat qildi

Isroilning zarbasi natijasida eronlik yuqori martabali generallar halok bo‘ldi, shundan so‘ng Vashington Tehronni voqeadan AQShga hujum qilish uchun bahona sifatida foydalanishdan ogohlantirdi, deb yozadi Politico. Armiyalar jangovar shay holatga keltirildi.

Qo‘shma Shtatlar Eronni Isroilning Damashqqa zarbasini AQSh ob’yektlari yoki qo‘shinlariga hujum qilish uchun bahona sifatida ishlatmaslik haqida ogohlantirdi.

«Bu ish ortida biz turmaganimizni aniq aytdik. Shuningdek, biz Eronni ushbu zarbani AQSh ob’yektlari yoki xodimlariga hujum qilish uchun bahona sifatida ishlatmaslik haqida ogohlantirdik», — deydi AQSh hukumatidagi manba.

Damashqqa hujum 1 aprel kuni Isroil tomonidan amalga oshirilgan. Natijada ikki general va yana besh zobit halok bo‘ldi. 

Eron Isroilning hujumiga «tez, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qat’iy» javob beradi, degandi mamlakatning Damashqdagi elchisi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ham Isroilning hujumini keskin qoralab chiqqandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring