Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

15-aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya hukumatining «zararli tashqi faoliyati» sabab yangi sanksiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, sanksiyalar Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashishga urinishlari, AQSh hukumat tarmoqlariga qilingan kiberhujumlar, dissidentlar va jurnalistlarga qarshi eksterritorial harakatlar va boshqa «beqaror holat chiqaruvchi xalqaro harakatlari» uchun deb ko‘rsatilgan.

14-iyundan AQSh moliya institutlariga Rossiya markaziy banki va Rossiya moliya vazirligidan, shuningdek Milliy farovonlik jamg‘armasidan qimmatli qog‘ozlarini bevosita sotib olish taqiqlanadi.

Shuningdek, AQSh «Rossiya razvedka xizmatlarining kiber dasturini qo‘llab-quvvatlayotgan» Rossiyaning oltita texnologik kompaniyalariga cheklovlar qo‘yildi.

Bundan tashqari, AQSh o‘n nafar rossiyalik diplomatni Vashingtondan chiqarib yubormoqda. Oq uy ularni Rossiya maxsus xizmatlari xodimi deb hisoblagan.

AQSh moliya vazirligi esa Rossiyaning 32 nafar yuridik va jismoniy shaxslariga qarshi shaxsiy sanksiyalar e’lon qildi.

Rossiyaning Qrimdagi harakatlari sababli yana sakkizta jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiya qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring