Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda anomal sovuq qurbonlari soni kamida 45 nafarga yetdi

AQShda anomal sovuq qurbonlari soni kamida 45 nafarga yetdi

Foto: Getty Images

AQShda davom etayotgan kuchli qor bo‘roni va anomal sovuq oqibatida vafot etganlar soni kamida 45 nafarga yetdi, deb xabar berdi Associated Press.

Xususan, Texas shtatida suv havzasida muz ostiga tushib ketgan olti, sakkiz va to‘qqiz yoshli uch aka-uka halok bo‘lgan. Nyu-Yorkda esa ko‘chada muzlab qolgan o‘n kishining jasadi topilgan.

Mahalliy faollar va jamoatchilik Nyu-York ma’muriyatini aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ekstremal ob-havo sharoitidan asrash uchun yetarli chora ko‘rmaganlikda tanqid qilmoqda.

Haftaning juma va shanba kunlari mamlakat sharqida havo harorati yanada pasayishi kutilmoqda, deb ogohlantirishmoqda sinoptiklar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring