Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda maktab o‘quvchisi musobaqa vaqtida uch nafar yaqinidan ayrildi

AQShda maktab o‘quvchisi musobaqa vaqtida uch nafar yaqinidan ayrildi

16 fevral kuni Potaket shahrida (Rod-Aylend shtati) ikki maktab jamoasi o‘rtasidagi xokkey musobaqasi paytida otishma sodir bo‘ldi.

Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:00 atrofida musobaqa paytida yuz bergan. Qurolli hujum oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, yana uch nafar fuqaro og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Politsiya gumonlanuvchining shaxsini aniqlagan. U 56 yoshli Robert Dorgan bo‘lib, musobaqada ishtirok etgan o‘quvchilardan birining otasi ekani ma’lum qilindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u oila a’zolariga o‘q uzgan, xotini va uning ukasini o‘ldirgan, so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan.

Guvohlarning aytishicha, qurollangan boshqa bir ota hujumchini qurolsizlantirishga uringan. Hodisa joyidan barcha qurollar musodara qilingan.

Ayni paytda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring