Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda tug‘ilish kamayib bormoqda

AQShda tug‘ilish kamayib bormoqda

Foto:«PBS»

AQShda tug‘ilish so‘nggi 30 yildagi eng past darajaga tushib ketdi. Bu haqda «Anadolu» xabar bermoqda.

AQSh milliy sog‘liq statistika markazi hisobotida AQShda 2017 yilda 3,85 million nafar chaqaloq dunyoga kelgani va bu 1987 yildan beri eng past ko‘rsatkich ekani qayd etilgan.

Hisobotda, shuningdek,  2017 yilda yosh onalar kamaygani, 40-44 yoshli ayollar o‘rtasida tug‘ish ko‘paygani keltirilgan.

Jons Hopkins universitetidan Donna Strobinoning aytishicha, ayollar o‘rtasida obro‘ orttirish (kar’yera) keng yoyilayotgani uchun tug‘ish yoshi kattarib borayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring