Astronavtlar Oyga qachon qadam qo‘yishi aytildi

AQSh uch yarim yildan so‘ng o‘z astronavtlarini Oyga qo‘ndirishni rejalashtirgan. NASA direktori v.b. Shon Daffi Fox News telekanaliga bergan intervyusida buni ochiqladi.
2026-yilda ham amerikalik astronavtlar Oy tomon uchishadi, ammo qo‘nmasdan qaytishadi. Oyga qo‘nish Donald Tramp prezident lavozimini band qilib turgan davr, ya’ni 2029-yilning yanvariga qadar amalga oshiriladi, dedi Daffi.
NASA direktori Oyda amerikaliklarning doimiy bazasi o‘rnatilishini, u joyda olingan bilim va tajribalar Marsga uchishda yordam berishini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter