Avstraliyada 50 mingga yaqin o‘qituvchi ish tashladi

Avstraliyaning Kvinslend shtatida so‘nggi 15 yilda birinchi marta o‘qituvchilar ish tashladi, deb xabar berdi 9News.
O‘qituvchilar ortiqcha vazifalar yuklanayotgani va mehnatlari qadrlanmayotganidan, maoshlari va ish sharoiti yaxshilanmayotganidan norozi.
«48 ming o‘qituvchi ishtirok etgan ish tashlash Kvinslenddagi barcha 1 266 ta davlat maktabi va 560 ming nafar o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatdi», — deyiladi xabarda.
O‘qituvchilar kasaba uyushmasi hukumatning uch yil davomida ish haqini oshirish taklifini rad etib, o‘rniga o‘qituvchilar yetishmovchiligi muammosini hal qilishni va ish joylarida xavfsizlikni oshirishni talab qilganidan so‘ng o‘qituvchilar bosh ko‘tarishgan.
Muammoni hal qilish uchun kasaba uyushmasi va vazirlar mahkamasi vakillari Kvinslenddagi mehnat munosabatlari komissiyasida muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter