Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstriyaning 25ta shahri hududiga mashinada kirish taqiqlanishi mumkin

Avstriyaning 25ta shahri hududiga mashinada kirish taqiqlanishi mumkin

Avstriyada yirik yo‘l harakati islohoti boshlanmoqda. 2026-yil 1-maydan boshlab mamlakatning bir qator shaharlarida maxsus video kuzatuv tizimi ishga tushiriladi.

«U shahar markazlari, tarixiy hududlar va turar joy kvartallariga avtomobillar kirishini nazorat qiladi», – deb xabar berdi Kronen Zeitung.

Transport vaziri Peter Xanke taqdim etgan qonun loyihasiga ko‘ra, Vena, Lins va Gratsni qo‘shib hisoblaganda 25 ta shahar mazkur dasturda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan.

Yangi tartibga binoan, kameralar barcha davlat raqamlarini avtomatik ravishda o‘qiydi va ularni maxsus ma’lumotlar bazasi bilan solishtiradi. Faqat mahalliy aholi, yetkazib berish xizmatlari va tez yordam kabi maxsus xizmatlar mashinalariga kirish ruxsat etiladi.

Ruxsatsiz kirish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. Jarimalar miqdori 70 yevrodan 2180 yevrogacha bo‘lishi mumkin. Haydovchilarni ogohlantirish uchun maxsus belgilar va «Kontrolle der Zufahrt» («Kirish nazorati») yozuvli yo‘l belgilari o‘rnatiladi.

Transport vazirligi ma’lumot berishicha, tizim shaxsiy ma’lumotlarni emas, faqat mashina raqamlarini saqlaydi, shu bilan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qonunlariga rioya qilinadi. Lekin nazoratga chet el avtomobillari ham tushadi.

Islohotning asosiy maqsadi – shahar markazlarida havo ifloslanishini, shovqin darajasini va tirbandlikni kamaytirish. Ayniqsa, Vena shahar hokimiyati bu orqali «ko‘chalarni odamlarga qaytarishni» maqsad qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring