Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bayden o‘ziga vitse-prezident topib qo‘ydi — «kichkina odam» uchun dovyurak kurashchi

Bayden o‘ziga vitse-prezident topib qo‘ydi — «kichkina odam» uchun dovyurak kurashchi

Foto: «Politico»

AQSh prezidentligi uchun kurashayotgan Demokratlar partiyasi vakili Jo Bayden o‘zi hokimiyat tepasiga kelgan taqdirda vitse-prezident kursisiga kim o‘tirishini ma’lum qildi. Nomzod — kaliforniyalik senator Kamala Harris.

Kamala Harris. Foto: AP Photo / Erin Schaff/The New York Times

«Kichkina odam» uchun dovyurak kurashchi, davlat lavozimi uchun eng munosib insonlardan biri, saylovlardagi do‘stim Kamala Harrisni tanlash men uchun sharaf», — deb yozdi Bayden «Twitter»da.

Harris ham prezidentlikka nomzodini ilgari surgandi, ammo praymerizdan buyog‘iga o‘ta olmadi.

Bayden prezidentlikka ko‘tarilib ketsa, 55 yoshli Kamala Harris partiya yetakchiligini o‘z qo‘liga olishi kutilmoqda.

Qolaversa, mabodo kelajakda Baydenning rejalari amalga oshsa, Kamala Harris ham vitse-prezident bo‘lgan birinchi ayol, ham bu lavozimga kelgan ilk qora tanli siyosatchiga aylanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring