Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir haftadan so‘ng fazoviy stansiya Yerga qulaydi — The Guardian

Bir haftadan so‘ng fazoviy stansiya Yerga qulaydi — The Guardian

Foto: FederalPress

Rossiya hududiga bir haftadan so‘ng sovet fazoviy stansiyasi qulab tushishi mumkin, deb xabar berdi The Guardian.

Venera (Zuhro) sayyorasiga mo‘ljallab 1972-yilda uchirilgan, ammo Yer orbitasida qolib ketgan «Kosmos-482» stansiyasi allaqachon ishdan chiqqan va orbitada «osilib» qolgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 500 kilogramm og‘irlikdagi stansiya 9–10-may kunlari Yer atmosferasiga kiradi. Barcha oqibatlar uchun «Roskosmos» javobgar, chunki qurilma rasman unga tegishli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring