Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir soat orqaga. 31-oktyabr kechasi Yevropa soatlari qishki vaqtga o‘tkaziladi

Bir soat orqaga. 31-oktyabr kechasi Yevropa soatlari qishki vaqtga o‘tkaziladi

Foto: «Merkur.de»

Har kuz Yevropa ittifoqi o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda qishki vaqtga o‘tadi. Bu galgisi 2021-yilning 31-oktyabr kechasiga to‘g‘ri kelmoqda, xabar bermoqda «Germania.one».

Vaqt o‘zgarishi qachonga belgilangan?

Qishki vaqtga o‘tish odatda oktyabrning so‘nggi yakshanbasida amalga oshadi. Bu safar 2021-yilning 31-oktyabr tuniga to‘g‘ri keldi. Tungi soat 03:00 da barcha soatlar millari bir soat orqaga suriladi. Yevropaliklarda bu tun bir soat oshiqcha uxlash imkoni paydo bo‘ladi. Bu yana shuni anglatadiki, ko‘chalarga qorong‘u ertaroq tushadi, tungi smenalarda ishlovchilar esa qo‘shimcha bir soat ishlab berishlariga to‘g‘ri keladi. Qishki vaqt Germaniyaga unchalik noqulaylik tug‘dirmaydi — jahon vaqtidan bir soatga farqlanuvchi Markaziy Yevropa (CET) vaqti.

Qurilmalarda vaqt qanday o‘zgaradi?

Braunshveygdagi federal fizika-texnika universiteti vaqt o‘zgargani haqida barcha radiosoatlarga signal yo‘llaydi. Zamonaviy smartfonlar va boshqa qurilmalar, operatsion tizimlaridan qat’i nazar, avtomatik ravishda qishki vaqtga o‘tadi. Faqat mexanik va devordagi osma soatlar qo‘lda to‘g‘rilanadi.

Vaqtni o‘zgartirish nega kerak?

1977-yilga qadar qishki vaqt doimiy bo‘lgan. 1973-yilgi neft inqirozidan so‘ng Yevropa hamjamiyati elektr energiyasini iqtisod qilish maqsadida yozgi vaqtni joriy etish qaroriga kelgan. Yevropa davlatlari birin-ketin yozgi vaqtga o‘tishni boshlagan, masalan, Germaniya Federativ Respublikasi 1980-yildan yozgi tizimga o‘tgan.

Bizga ta’siri bormi?

Albatta. Chunki bizda soat millariga yoz-qishning ta’siri yo‘q: «o‘z joyimizda» qolamiz. Shundoq ham vaqtda Yevropadan oldindamiz. Yevropaliklar «ortga chekinishi» ortidan o‘rtaga bir soatlik farq tushadi. Masalan, Toshkentda soat millari 23:00 ni ko‘rsatgan paytda Parij, Rim va Berlinda 20:00 (o‘rtadagi farq — 3 soat), Londonda 19:00 (o‘rtadagi farq 4 soat) bo‘ladi. Biroq ertadan hammasi o‘zgaradi: Parij 4 soatga, London 5 soatga «uzoqlashadi». O‘zgarishlarni hammadan ko‘p futbol muxlislari his etishlari aniq: o‘yinlar bir soat kechroq boshlanadi: uyqu vaqti qisqaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring