BMT bosh qarorgohini Nyu-Yorkdan ko‘chirish taklif qilindi

Gustavo Petro Falastin tarafdorlari namoyishida.
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro AQShga vizasi bekor qilinganidan so‘ng BMT bosh qarorgohini Nyu-Yorkdan ko‘chirishni taklif qildi.
Uning ta’kidlashicha, BMT Bosh assambleyasida qatnashuvchi prezidentlar to‘liq daxlsizlik huquqiga ega. Uning vizasi bekor qilingani va Falastin hukumatiga kelishga ruxsat berilmagani AQSh xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilmayotganini ko‘rsatmoqda.
«Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohi Nyu-Yorkda qolishi mumkin emas», — deb yozdi Kolumbiya prezidenti X ijtimoiy tarmog‘ida.
Gustavo Petro Nyu-Yorkda Falastin tarafdorlari namoyishida qatnashib, ularga murojaat qilgani uchun vizasi bekor qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter