Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT koordinatori G‘azodagi voqealarni «insoniyatga xiyonat» deb atadi

BMT koordinatori G‘azodagi voqealarni «insoniyatga xiyonat» deb atadi

Favqulodda yordam koordinatori va bosh kotibning gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits qamal ostidagi G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealarni «insoniyatga xiyonat» deb atadi.

Ijtimoiy tarmoqda G‘azodagi vaziyatni sharhlar ekan, Griffits Falastin anklavining aholisi 7 oktyabrdan beri doimiy ravishda «o‘lim, vayronagarchilik va texnogen ocharchilik»ga duch kelganini aytdi.

«Bu urush kundan-kunga ko‘proq tinch aholining hayotiga zomin bo‘lmoqda», — dedi u.

Bosh kotib o‘rinbosari falastinliklar davom etayotgan mojaroning har soniyasida «og‘riq va azob-uqubatlarga» chidashini ta’kidladi.

«Menga o‘xshagan ko‘plar bu urushning tugashi uchun allaqachon vaqt kelganligini qayta-qayta aytishgan», dedi Griffits.

Unga ko‘ra, G‘azo sektorida hech kim xavfsiz emas va Falastin anklavida xavfsiz joy qolmagan.

Griffits xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning G‘azo sektoriga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari «bombardimonlar, xavfsizlik va kirish cheklovlari» tufayli barbod bo‘layotganini ta’kidladi.

U G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealarni «insoniyatga xiyonat» deb atadi va bu xiyonat uchun javobgarlik zarurligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring