Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar va ijtimoiy tarmoqlar: Indoneziya va Britaniyani ham xavotirga solmoqda

Bolalar va ijtimoiy tarmoqlar: Indoneziya va Britaniyani ham xavotirga solmoqda

foto: Freepik

Ma’lumki, dunyoning o‘nga yaqin davlati bolalar va o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash yoki butunlay taqiqlash ustida ish olib bormoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hukumatlar texnologik kompaniyalardan ro‘yxatdan o‘tish jarayonida faqat foydalanuvchining rostgo‘yligiga ishonib qolmay, yoshni tasdiqlashning bir nechta ishonchli usullarini joriy etishni talab qilmoqda. Masalan, Indoneziya joriy yilning mart oyida 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun YouTube, TikTok, Facebook, Instagram, Threads, X, Bigo Live va Roblox kabi platformalarga kirishni bloklash rejasini e’lon qildi.

Britaniya hukumati esa kompaniyalarni qaramlikni keltirib chiqaruvchi funksiyalarni, xususan, cheksiz lentani (reels) olib tashlash yoki cheklashga majburlash imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Shu bilan birga, mutaxassislar yoshni majburiy tekshirish tizimlari joriy etilganda shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi va xavfsizligi qanday ta’minlanishi yuzasidan jiddiy xavotir bildirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring