Bolgariya tarixida birinchi marta ayol kishi prezident bo‘ldi
Rumen Radev va Iliyana Yotova.
Bolgariya prezidenti lavozimini tarixda birinchi marta ayol kishi egalladi. Iliyana Yotova Rumen Radev o‘rniga rasman oliy lavozimda ish boshladi. Bu haqda Bolgariya milliy radiosi xabar berdi.
Bolgariyaning chuqur siyosiy inqirozdan chiqishiga ko‘maklashishni maqsad qilgan prezident Rumen Radev 19-yanvar kuni iste’foga chiqdi. Konstitutsiyaviy sud tasdiqlovi bilan bilan Radevning vakolatlari rasman to‘xtatildi. U muddatidan ilgari o‘tkazilayotgan parlament saylovida qatnashishni rejalashtirgan.
61 yoshli Iliyana Yotova — Bolgariyaning 33-prezidenti. Bungacha vitse-prezident edi. Yangi lavozimda u parlament partiyalari bilan maslahatlashgan holda saylov sanasini belgilashi shart. Bu so‘nggi besh yil ichidagi sakkizinchi saylovdir. Parlament kuchlari yangi hukumatni shakllantirishga noqobilligi sababli yangi saylov o‘tkaziladi.
Yotova 2007–2017-yillarda Yevroparlament deputati sifatida faoliyat yuritgan. Terrorizmga qarshi kurash, Bolgariyaning Shengenga qo‘shilishi va migratsiya inqirozini hal qilish uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘lgan. Vitse-prezident paytida chet eldagi bolgar jamoatchiligi va bolgar tilini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter