Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buyuk Britaniya Rossiya aktivlaridan Ukrainaga salkam 11 mlrd dollar bermoqchi

Buyuk Britaniya Rossiya aktivlaridan Ukrainaga salkam 11 mlrd dollar bermoqchi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Ivetta Kuper mamlakat muzlatilgan Rossiya aktivlaridan 8 milliard funt sterling (taxminan 10,6 milliard dollar) miqdorida Ukrainaga o‘tkazishga tayyorligini e’lon qildi.

U shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Britaniya xavfsizligiga «faol tahdid» deb atadi. 

«Bizga ushbu Rossiya suveren aktivlaridan nafaqat Ukrainani qisqa muddatda qo‘llab-quvvatlash, balki Rossiyaga kuchli messej yuborish uchun ham foydalanish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan reja kerak», dedi Kuper xonim (The Times gazetasidan iqtibos). 

Buyuk Britaniyadagi muzlatilgan Rossiya aktivlarining 10,6 milliard dollarlik qismi London Yevropa Ittifoqi va Kanada bilan kelishib olishga harakat qilayotgan Kiyev uchun xalqaro harbiy yordam paketining bir qismi bo‘lishi mo‘ljallangan. The Times gazetasining ta’kidlashicha, umumiy summa 130 milliard dollarga yetishi mumkin, bu esa Ukrainaning keyingi ikki yil uchun moliyaviy ehtiyojlarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini qoplaydi. Aktivlarni o‘tkazishning aniq mexanizmi hali kelishib olinmagan.

Rejalar 3-dekabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida muhokama qilingan. Yevropa Komissiyasi ilgari Rossiya aktivlarining 90 milliard yevrosini blokirovka qilish uchun favqulodda vakolatlardan foydalanishni taklif qilgan edi. Euroclear depozitariysi joylashgan Belgiya bu rejaga qarshi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring