Damashq sudi Bashar Asadni hibsga olish uchun order berdi

Damashq sudi Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni hibsga olish uchun order berdi.
Bashar Asad 2011-yildagi Darayya voqealari bosh aybdori sifatida ko‘rilmoqda. Hibsga olish orderi qasddan odam o‘ldirish, o‘limga olib kelgan qiynoqlar va ozodlikdan mahrum qilish bo‘yicha ayblovlarni o‘z ichiga olgan.
Sud qarori orderni Interpol orqali tarqatish va ishni xalqaro miqyosda tergov qilish imkoniyatini beradi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 8-dekabr kuni qurolli muxolifat Damashqni egallab, Suriyada hokimiyat o‘rnatdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdan qochib ketgan Bashar Asad va oilasiga Moskva boshpana bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter