Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Damashq yaqinidagi gaz quvuri portlashi butun Suriyani elektrsiz qoldirdi

Damashq yaqinidagi gaz quvuri portlashi butun Suriyani elektrsiz qoldirdi

Foto: «RIA Novosti»

Damashq yaqinidagi gaz quvuri portlaganidan so‘ng butun Suriya elektr tokisiz qoldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Damashqning Dumayra va Adra tumanlari o‘rtasidagi Arab gaz quvurining portlashi Suriyada elektr ta’minotining butunlay uzilishiga olib keldi», — dedi mamlakat elektr energiyasi vaziri Zuhayr Harbutli.

Mamlakat neft va mineral resurslar vaziri Ali G‘anim mamlakat janubini ta’minlovchi gaz quvurining portlashi terrorchilarning ishi bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emasligini bildirdi.

Vazirga ko‘ra, portlash uchta stansiyani ishdan chiqargan. Voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar elektr ta’minotini tiklash ishlarini bajarishyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring