Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniya bosh vaziri:«Tramp kuch ishlatsa, hammasi tugaydi»

Daniya bosh vaziri:«Tramp kuch ishlatsa, hammasi tugaydi»

Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksenning fikricha, AQShning Grenlandiyaga da’volari NATOning qulashiga olib kelishi mumkin

«Agar AQSh boshqa NATO mamlakatiga qarshi harbiy kuch ishlatishga qaror qilsa, unda hamma narsa to‘xtaydi», dedi u. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. 

Grenlandiya Bosh vaziri Yens Frederik Nilsen ham AQSh Grenlandiyaga qarshi biron bir harbiy harakat amalga oshirsa, halokatli oqibatlar haqida ogohlantirdi. 

APʼning ta’kidlashicha, Daniya va Grenlandiya bosh vazirlarining bayonotlari AQShning Venesueladagi operatsiyasidan ko‘p o‘tmay, prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi o‘g‘irlab ketilgan va narkoterrorizmda ayblanib, AQShga olib kelinganidan ko‘p o‘tmay qilingan. 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Daniyaning avtonom hududi bo‘lgan Grenlandiya oroli Qo‘shma Shtatlar tomonidan mudofaa maqsadlarida zarurligini aytgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring