Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng boy kishilar ro‘yxati yangilandi

Dunyodagi eng boy kishilar ro‘yxati yangilandi

Foto: «Getty Images»

«Bloomberg» agentligi yangilagan milliarderlar ro‘yxatida «Facebook» ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg 3-o‘rinni egalladi.

Sukerbergning jami boyligi 81,6 milliard AQSh dollariga teng. U amerikalik sarmoyador Uorren Baffetni ortda qoldirgan. Baffetning bisotida 81,2 milliard dollar bor.

Reytingning eng yuqori pog‘onasini «Amazon» rahbari Jeffri Bezos 142 milliard dollarlik boyligi bilan egallab turibdi. Ikkinchi o‘rin Bill Geytsga tegishli: uning boyligi 94,2 milliard dollar.

Birinchi uchlikni axborot texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar egallab turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring